' CDIT.UZ | 05:11
Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish markazi davlat unitar korxonasi
 Yangiliklar
Termizda birinchi Xalqaro baxshichilik festivali boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi
05.04.2019 | Muallif: Nodir
Shaharda madaniyat va infratuzilmalar ob'yektlari tayyorlangan – tashrif uchun Termiz arxeologiya muzeyi ochilgan, shahar ayeroportining yangi terminali ishga tushmoqda, markaziy ko'chalar obodonlashtirildi, jamoat joylarida sanitariya-gigiyena obektlari o'rnatilgan. Qisqa vaqt ichida, Termizdagi "Bolajon" madaniyat va istirohat bog'ida har bir viloyatning milliy qiyofasi - xalq amaliy va tasviriy san'ati namunalari, milliy taomlar va liboslar aks ettirilgan O'zbekiston viloyatlarining ko'rgazmali stendlari o'rnatilgan. Sayyohlarga ko'mak tariqasida va xavfsizlik maqsadida esa shaharda festival vaqtida turistik politsiya ishlaydi.
Markazning rasmiy sayti ishga tushdi
10.04.2019 | Muallif: Nodir
Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi davlat unitar korxonasining rasmiy sayti www.cdit.uz domenida ishga tushdi. Markaz saytida markaz faoliyati davomidagi yangiliklar, viloyatdagi yangiliklar, markaz haqida ma'lumotlar o'rin olgan. Markaz tomonidan yangi amalga oshirilgan loyihalarham birinchi markaz saytida e'lon qilinadi.